Toshkent viloyati va poytaxtdagi pitomniklarda Afrika sherlari va boshqa yovvoyi noqonuniy saqlab kelingani aniqlandi.
Ekologiya vazirligi va Bosh prokuratura xodimlari o‘tkazgan reydda 80 dan ortiq yovvoyi hayvonlar, jumladan, 4 ta Afrika sheri, shuningdek, 9 turdagi qushlar aniqlangan.
Hozirda ayrim jonivorlar Toshkent hayvonot bog‘iga o‘tkazilgan.