Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda 14 yoshli o‘quvchi BMW’da YPX inspektorini urib yubordi

Toshkentda 14 yoshli o‘quvchi BMW’da YPX inspektorini urib yubordi

25 fevral kuni soat 21:46 da 2010 yilda tug‘ilgan, xususiy maktabning 10-sinf o‘quvchisi haydovchilik guvohnomasiz holda “BMW M4” rusumli avtomashinani boshqargan.

U Mirobod tumani Mirobod ko‘chasida harakatlanayotgan vaqtda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorini urib yuborgan.

Inspektor tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

Kiritildi: Bugun 18:20. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!