Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili butun dunyo bo‘ylab kamida 129 jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimi o‘ldirilgan.
Bu tashkilot tomonidan 1992 yildan boshlab bunday ma’lumotlarni e’lon qila boshlaganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2024 yilda 124 jurnalist o‘ldirilgan.
CPJ ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p jurnalist (86) Isroil armiyasi tomonidan o‘ldirilgan. Sudanda to‘qqizta, Meksikada oltita jurnalist o‘ldirilgan. Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘rtta ukrainalik jurnalist 2025 yilda Ukrainadagi mojaro paytida o‘ldirilgan.
Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili harbiy mojarolar 104 jurnalistning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Qo‘mita dron hujumlaridan o‘lim sonining keskin oshganini ta’kidlaydi: 2023 yildagi ikkitadan 2025 yilda 39 tagacha. Bu kengroq tendensiyani aks ettiradi: dron hujumlari soni 2020 va 2024 yillar oralig‘ida 4000 foizdan ortiqqa oshdi.