Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda 1,5 gektar yer uchun 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Toshkentda 1,5 gektar yer uchun 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan yer maydonini noqonuniy rasmiylashtirib berish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Xususan, Toshkent shahrida yashovchi, 1979 y.t. shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, Yangiyo‘l tumanida joylashgan hamda davlat zaxirasida bo‘lgan 1,5 gektar yer maydonini arxitektura va kadastr tizimlarida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 750 ming AQSh dollari talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzar so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan oldindan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:26. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!