Kuvayt ikki eronlik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi va ularga 24 soat ichida mamlakatni tark etishni buyurdi.
Bu haqda Kuvayt ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
«Kuvayt Tashqi ishlar vazirligi mamlakatdagi Eron Islom Respublikasi elchixonasining muvaqqat ishlar vakilini chaqirib, Quvayt hududi va fuqarolik infratuzilmasiga qilingan hujumlarni qoralovchi rasmiy norozilik notasini topshirdi», deyiladi bayonotda.
3 iyun kuni ertalab Eronning Quvaytga qarshi dron va raketa hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani va 63 kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi. 3 iyun kuni ertalabdan beri Quvayt qurolli kuchlari 13 ta Eron ballistik raketalari va 17 ta dronini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.