Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkent viloyatida yana bir ko‘chmas mulk qarzdorlik sabab bank balansiga o‘tkazildi

Toshkent viloyatida yana bir ko‘chmas mulk qarzdorlik sabab bank balansiga o‘tkazildi

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘’basi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjati kelib tushgan va shu kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro hujjatiga asosan qarzdor “B. N. ” MCHJdan undiruvchi “O‘zmilliybank” AJ Toshkent viloyat filiali foydasiga 15 mlrd 338 mln so‘m kredit qarzdorlik undirish hamda undiruvni garovga qo‘yilgan noturar binoga qaratish belgilangan.

Qonun talablariga muvofiq, qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berilgan.

Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Garov mulki sifatida qayd etilgan noturar bino, belgilangan tartibda auksion savdosiga chiqarilgan hamda takroriy auksion savolidan so‘ng undiruvchi “O‘zmilliybank” AJ balansiga o‘tkazib berilgan.

Hozirgi kunda ijro ishi amaldagi qonunchilik talablariga asosan tamomlash choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:30. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!