Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkent tarixiy investisiya sammitiga mezbonlik qilmoqda: ishtirokchi kompaniyalarning umumiy aktivlari 42 trillion dollarni tashkil etmoqda

Toshkent tarixiy investisiya sammitiga mezbonlik qilmoqda: ishtirokchi kompaniyalarning umumiy aktivlari 42 trillion dollarni tashkil etmoqda

16–18 iyun kunlari CAEx majmuasida beshinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi (TXIF-2026) bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli tadbir hozirning o‘zida barcha rekordlarni yangilab ulgurdi: unda qatnashish uchun dunyoning 100 ta mamlakatidan 8,3 mingdan ortiq delegat ro‘yxatdan o‘tgan.

Biznes ko‘lami misli ko‘rilmagan darajada keng — forumda ishtirok etayotgan kompaniyalarning umumiy kapitali jahon yalpi ichki mahsulotining (YAIM) 38 foiziga tengdir. Poytaxtimizga BlackRock, JPMorgan Chase, Visa, Masdar, Airbus, Meta kabi ko‘plab yetakchi gigantlar rahbarlari tashrif buyurmoqda. Real sektor vakillari safida 2 780 nafardan ziyod biznes yetakchilari qatnashadi, bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan uchdan bir barobar ko‘p deganidir.

Forumning yuksak siyosiy nufuzini unda 62 ta hukumat delegasiyasi ishtirok etayotgani ham yaqqol tasdiqlaydi. Anjumanning ochilish marosimida yetti davlat rahbari va bosh vazirlari nutq so‘zlaydi.

Bu yilgi TXIF dasturi qariyb ikki barobar kengayib, o‘z ichiga 79 ta tadbirni qamrab olgan bo‘lib, ular asosan sun’iy intellekt, «yashil» energetika, logistika va strategik xomashyo masalalariga bag‘ishlanadi.

Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston investisiya salohiyati ko‘rgazmasi, Xorijiy investorlar kengashi yig‘ilishi hamda norasmiy muloqot va aloqalarni mustahkamlash maqsadida tennis turniri va tungi marafondan iborat sport tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur sammit Bloomberg, Reuters, Nikkei, Euronews, BBC News, CGTN, TRT, Xinhua, The Independent kabi jahonning yetakchi ommaviy axborot vositalari diqqat markazida turibdi. Forum ishini yoritish uchun 41 ta davlatdan 209 nafar xorijiy jurnalist tashrif buyurgan. Anjuman doirasida mintaqa iqtisodiy kelajagini belgilab beruvchi o‘nlab milliard dollarlik yirik bitim va kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:37. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!