Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Rossiyada MAKS aviasaloni yana bekor qilindi

Rossiyada MAKS aviasaloni yana bekor qilindi

Xalqaro aviasiya va kosmik saloni (MAKS) 2026 yilgi ko‘rgazmalar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi, bu Rossiya hukumatining tegishli farmoyishidan ma’lum bo‘ldi. Bunday qaror qabul qilinishi sabablariga aniqlik kiritilmagan. Hujjatda MAKS bilan birga gidroaviasiya bo‘yicha "Gidroaviasalon" ilmiy konferensiyasi va "Xalqaro vertolyot texnikasi va aviasiya tizimlari saloni" ham tilga olingan — ularning barchasi 2027 yilga "ko‘chirilgan".

Aviasalonning bekor qilinishi boshqa ommaviy tadbirlarning ko‘chirilishi fonida yuz bermoqda. Xususan, 12 iyun — Rossiya kuni munosabati bilan Moskvadagi Qizil maydonda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan konsert ham bekor qilindi — tadbir boshqa joyga, Preobrajenskaya maydonidagi Mossovet nomidagi madaniyat markaziga ko‘chirildi.

Bu oxirgi 23 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi, avvalroq Qizil maydondagi konsertlar hatto COVID-19 pandemiyasi davrida ham bekor qilinmagan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi buni "hozirgi tezkor vaziyat" bilan izohladi.

Kiritildi: Bugun 14:11. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!