UFC shon-shuhrat zali a’zosi, 37 yoshli sobiq yengil vazn toifasi chempioni Xabib Nurmagomedov futbol bo‘yicha jahon chempionatida guruhdoshimizni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi: A Futbole akkaunti dog‘istonlik aralash yakkakurash ustasining bo‘lajak mundialda guruhdoshimiz Portugaliya terma jamoasiga muxlis qilishini aytdi.
"Xabib Nurmagomedov bolaligidan futbolchi bo‘lishni orzu qilgan. Oltinchi sinfda u yon daftariga 200 ta futbol nomini yozdi. U bir necha bor "Spartak" mashg‘ulotlarida qatnashgan va Krishtianu Ronaldu bilan muloqotda bo‘lgan. Bir paytlar Shamil Laxiyalov Xabibga o‘z klubida o‘ynashni taklif qilgan, ammo o‘shanda u MMAdagi faoliyatiga e’tibor qaratgan edi", - deyiladi xabarda.