Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

JChda Masharipovning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

JChda Masharipovning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jarohat sababli 2026 yilgi Jahon chempionati uchun e’lon qilingan 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibdan chiqarilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kecha, 11 iyun kuni futbolchilar rasmiy fotosessiya marosimida ishtirok etdi. Ayni vaqtda Amerika Qo‘shma Shtatlarida jamoa bilan birga bo‘lib turgan sport sharhlovchisi Davron Fayziyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan videoda “Sabah” klubi safida Ozarbayjon chempionati va Kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan Umarali Rahmonaliyev 10-raqamli libosda ko‘rinish berdi.

Ma’lumot uchun, fotosessiyalar yirik musobaqalar oldidan jamoalarning barcha futbolchilari va bosh murabbiy ishtirokida tashkil etiladi va tashkiliy qo‘mitaning rasmiy foto suratchisi tomonidan amalga oshiriladi.

2 iyun kuni O‘FA matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan va 2026 yilgi JChda ishtirok etuvchi 26 nafar futbolchidan iborat tarkibda Masharipov 10-raqamda qayd etilgan edi.

Kiritildi: Bugun 15:11. O'qildi: 647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!