Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Jaloliddin Masharipov O‘zbekiston milliy terma jamoasi qaydnomasidan chiqarilgani xabar qilinmoqda. Uning o‘rniga Ruslanbek Jiyanov 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy ro‘yxatga kiritilishi kutilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston milliy terma jamoasi atrofidagi manbalarga tayanilgan holda xabar berilgan.

Manbalarga ko‘ra, Masharipovning terma jamoadagi faoliyati ham yakunlanishi ehtimoli mavjud, biroq bu borada hozircha rasmiy tasdiq e’lon qilinmagan.

Hodisa yuzasidan qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlar kutilmoqda.

Kiritildi: 22:42 09.06.2026. O'qildi: 13738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!