2026 yil 1 may holatiga ko‘ra, aholining banklar oldidagi kredit qarzdorligi 230,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40,3 trln so‘mga yoki 21,2%ga ko‘p.
📊 So‘nggi yillardagi o‘sish:
🔹 2020 yil — 43,8 trln so‘m;
🔹 2021 yil — 58,7 trln so‘m;
🔹 2022 yil — 75,3 trln so‘m;
🔹 2023 yil — 113,9 trln so‘m;
🔹 2024 yil — 156,1 trln so‘m;
🔹 2026 yil — 230,8 trln so‘m.
Natijada, oxirgi olti yil ichida aholining bank kreditlari hajmi 5 baravardan ortiq oshgan.