O‘zbek OAVlarida Abbosbek Fayzullayevni "Liverpul" klubi skautlari kuzatayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, Abbosning Jahon chempionatidagi o‘yinlari diqqat markazida bo‘ladi. Shuningdek, mersisaydliklar faoliyatini yoritib boruvchi "Liverpool Hub" akkaunti ham bu xabarni tasdiqlagan.
"Liverpul" skautlari Abbosbek Fayzullayevni yaqindan kuzatayotgani xabar qilinmoqda. Ayni vaqtda "Istanbul Bashakshehir" safida to‘p surayotgan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi klub va terma jamoadagi o‘yinlari orqali e’tiborni o‘ziga qaratmoqda."
Biroq, ushbu insaydlar hozircha ishonchli manbalar tomonidan tasdiqlangan emas. Jahon chempionati davomida Fayzullayev yorqin o‘yin namoyish etsa, albatta Yevropaning "top-5" chempionatlaridan biriga yo‘l olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda 22 yoshli futbolchi "Istanbul Bashakshehir" safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 7 ta assist yozdirib qo‘ydi.