Vladimir Putin urush ishtirokchilari bilan uchrashuvda Rossiya Ukraina bo‘ylab amalga oshirilayotgan zarbalarni kuchaytirishini ma’lum qildi. U bunga sabab sifatida Ukraina Qurolli kuchlarining dronlar yordamida Rossiya hududidagi ob’ektlarga uyushtirayotgan hujumlarini ko‘rsatdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina Qurolli kuchlariga munosib tarzda javob qaytarishi kerak.
"Biz shunday qilmoqdamiz. Va raqibning infratuzilmasiga berayotgan zarbalarimizni yanada kuchaytiramiz, toki unda bizning fuqarolik ob’ektlarimizga hujum qilish istagi qolmasin", — dedi u.