📊 Aprel oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining o‘rtacha qiymati bir kvadrat metr uchun taxminan 9,2 dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1% yuqoridir.
Ijara narxlarining eng yuqori darajasi Toshkentning markaziy tumanlarida saqlanib qolmoqda. Xususan, Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 11 dollar atrofida shakllangan.
Shu bilan birga, yillik hisobda ijara narxlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Yashnobod tumanida 18,2%, Bektemir tumanida 16,7% va Yunusobod tumanida 14,3% darajasida qayd etildi.
📊 Shu tariqa, Toshkent shahrida ijara bozori uy-joy sotuv bozoriga nisbatan tezroq o‘sishda davom etmoqda.
📊Bir yil davomida o‘rtacha ijara narxlari 9,1%ga oshgan bo‘lsa, uy-joy narxlarining umumiy indeksi 7,6%ga o‘sdi.