Xosep Gvardiola "Chelsi" ustidan Angliya Kubogi finalida (1:0) qozonilgan g‘alabadan keyin fikr bildirdi.
"Emosiyalar pasayishi bilan uyga qaytamiz. Men baxtli insonman. Bu mavsum haqiqatan yaxshi o‘tdi. O‘tgan mavsum ko‘p jihatdan eng qiyini bo‘lgan.
Bu mavsumda har bir o‘yinda o‘zimizni qanday ko‘rsatishimiz muhim. Barqarorlikka erishish uchun vaqt kerak bo‘lgandir.
Hech qanday bayram bo‘lmaydi. Bilasizki, APLda "Bornmut"ga qarshi o‘yin yanada qiyinroq bo‘ladi. U yerga borib, natija ko‘rsatishga harakat qilamiz", — dedi Gvardiola BBC nashriga.