Bu haqda Financial Times Rossiya prezidentining atrofidagi manbalar, vaziyatdan xabardor suhbatdoshlar va Ukraina razvedkasining bahosiga tayanib yozmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, Rossiyaning Ukraina dronlari zarbalari oldida zaiflashib borayotgani va frontdagi qo‘shinlarning oldinga sust siljishi Putinning "Ukraina fronti qulaydi" degan ishonchiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan.
FT'ning uch nafar suhbatdoshining aytishicha, Putin Donbassni egallab olgandan keyin "hududiy talablarni kengaytirish orqali har qanday sulhning bahosini oshirishni" rejalashtirmoqda.