Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Joze Mourinyo «Real» bosh murabbiyligiga tayinlanishga yaqin turibdi. Portugaliyalik mutaxassis o‘z rejalariga kiritilmagan ilk futbolchini aniqlab ulgurdi.

Jurnalist Migel Serrano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Mourinyo yarim himoyachi Eduardo Kamavingani sotib yubormoqchi. Fransiyalik futbolchi murabbiyning taktik sxemalariga mos kelmayapti. «Real» esa Kamavinganing sotuvidan tushadigan mablag‘ evaziga ikkita yangi yarim himoyachini tarkibga qo‘shib olish uchun uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Joriy mavsumda Eduardo Kamavinga «Real» safida barcha turnirlarda jami 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 23:28 17.05.2026. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!