Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Manchester Siti» klubi Xosep Gvardiolaga o‘rinbosar topib bo‘ldi. Avvalroq taxmin qilinganidek, ispaniyalik mutaxassisning o‘rnini Enso Mareska egallashi kerak.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, «shaharliklar» italiyalik mutaxassis bilan prinsipial kelishuvga erishgan: tomonlar shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan kontraktni kelishib olishdi. Agar Gvardiola ketishga qaror qilsa, ushbu kelishuv iyul oyida kuchga kiradi.

Endi hamma narsa Pepning o‘ziga bog‘liq. Mareskaga esa faqatgina «Siti»ning amaldagi boshqaruvchisi chiqaradigan qarorni kutish qolmoqda. Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis bundan avval «Chelsi»da faoliyat yuritgan va shu yilning yanvar oyida iste’foga chiqarilgan edi.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!