Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin

Eron terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin

Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj milliy terma jamoa 2026 yilgi jahon chempionati finalida ishtirok etmasligi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Report.

Buning sababi AQSh vizalarini olish jarayonining cho‘zilishi. Hozircha jamoa a’zolaridan hech biriga mamlakatga kirishga ruxsat berilmagan.

Toj hozirgi vaziyatdan xavotir bildirdi va yaqin kunlarda Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) vakillari bilan uchrashishini aytdi.

Muzokaralar davomida u viza masalasi imkon qadar tezroq hal qilinishiga aniq kafolatlar talab qiladi. Agar muammo hal qilinmasa, Eronning turnirdagi ishtiroki xavf ostida qolishi mumkin.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Eron terma jamoasi O‘zbekiston bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Ular G guruhida bo‘ladi va Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan o‘ynaydi. Guruhdagi barcha o‘yinlar AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!