Bu haqda Kiyevdagi Amerika elchixonasi hujjatlarida qayd etilgan.
Aniqlangan hisobotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Kiyev, Lvov, Odessa, Xarkov, Dnepropetrovsk va boshqa strategik nuqtalarda biologik izolyasiya darajasi yuqori bo‘lgan 13 ta laboratoriyani qurish va jihozlash uchun 24,8 million dollar sarmoya kiritgan, bu ob’ektlarning asosiy qismi Ukrainaga 2009-2013 yillarda topshirilgan.
Umuman olganda, Pentagon hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, AQShning Ukraina bioinfratuzilmasiga kiritgan umumiy sarmoyasi 200 million dollardan oshib, 46 ta ob’ektni qamrab olgan. Ularning barchasi AQSh Mudofaa vazirligining Biologik tahdidlarni kamaytirish dasturi ostida yaratilgan bo‘lib, u rasmiy ravishda epidemiyaga qarshi kurashishga mo‘ljallangan.
Odessadagi vaboga qarshi kurash institutining markaziy referens-laboratoriyasi eng qimmatga tushdi. U Shtatlarga 3,49 million dollarga tushdi.