Zelenskiy Putinning Moldova tarkibidagi tan olinmagan Dnestrbo‘yi hududi aholisi uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirdi.
"Bu o‘ziga xos qadam. Rossiya shu tariqa o‘zi uchun yangi askarlar qidirmoqda, chunki fuqarolik harbiy majburiyatni anglatadi. Bu, shuningdek, Moskva tomonidan Dnestrbo‘yi hududini o‘ziniki sifatida belgilab olishidir", — dedi Ukraina prezidenti.
Shu bilan birga, Zelenskiy Ukraina hukumatiga ushbu masala yuzasidan Moldova rasmiylari bilan aloqa o‘rnatishni topshirganini aytdi.
Moldova prezidenti Mayya Sandu ham Rossiyaning ushbu xatti-harakatlarini Moskvaga “Ukrainadagi urushga yuborish uchun ko‘proq odamlar kerakligi” bilan bog‘ladi. U Putinni qarorini Moldovaning Dnestrbo‘yini reintegrasiya qilish borasidagi sa’y-harakatlari fonida Moskvaning qo‘rqitish taktikasi deb atadi.