Evropa Kengashi Vazirlar qo‘mitasi Kishinyovdagi yig‘ilishda Ukrainaga qarshi agressiya jinoyati bo‘yicha Maxsus tribunalning boshqaruv qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni ma’qulladi. Mazkur kelishuvga 36 ta davlat va alohida institut sifatida Yevropa Ittifoqi qo‘shildi.
"Ushbu davlatlar Maxsus tribunalni amalda tashkil etish va Ukrainaga qarshi agressiya uchun javobgarlikni tan olish sari hal qiluvchi qadam tashladilar. Rossiyani javobgarlikka tortish vaqti yaqinlashmoqda", — deya bayonot berdi Yevropa Kengashi bosh kotibi Alen Berse.
Ukrainaga qarshi agressiya jinoyati bo‘yicha Maxsus tribunal norasmiy ravishda “Putin uchun tribunal” nomini olgan. Yevropa Kengashi Vazirlar qo‘mitasi ushbu tribunalni tashkil etish jarayoni boshlanganini 2025 yil may oyida e’lon qilgan edi.
Biroq Rossiya prezidenti, shuningdek, bosh vaziri va tashqi ishlar vazirini, ular o‘z lavozimlarida qolar ekan, tribunal sud qila olmaydi. Tribunal nizomi ular lavozimdaligida ayblov e’lon qilishni taqiqlaydi.