Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Angela Merkel Yevropa Ittifoqi nomidan Rossiya bilan muzokaralar olib boruvchi shaxsga aylanishi mumkin

Angela Merkel Yevropa Ittifoqi nomidan Rossiya bilan muzokaralar olib boruvchi shaxsga aylanishi mumkin

Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Siyosatshunos Andreas Umland nashrga bergan intervyusida, agar Moskva uning nomzodiga rozi bo‘lsa, Merkel “jiddiy figura” bo‘la olishini ta’kidladi.

"Bu yaxshi tanlov bo‘lar edi. Albatta, sobiq kansler Merkelga nisbatan Germaniyaning o‘zida ham, Ukrainada ham e’tirozlar bor, biroq u mutlaqo boshqa salohiyatdagi siyosatchi", — dedi siyosatshunos.

Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchilar orasida sobiq kanslerga bo‘lgan munosabat noaniqligicha qolmoqda, chunki Merkel o‘zining ko‘magi bilan imzolangan Minsk kelishuvlarini tanqid qilishdan bosh tortib kelmoqda.

Avvalroq Zelenskiy Merkelni tanqid qilgan va uni Kiyev hamda Buchaga kelishga chaqirgan edi. Keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri sobiq kansler biror marta ham Ukrainada bo‘lmadi.

DW nashriga ko‘ra, Putin tomonidan nomzodi ilgari surilgan boshqa bir sobiq kansler Shryoderning Moskva bilan muzokaralarda YEI vakili bo‘lish uchun hech qanday imkoniyati yo‘q.

Kiritildi: Bugun 13:46. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!