Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent shahrida advokat va yurist ushlandi

Toshkent shahrida advokat va yurist ushlandi

Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati 1999 y.t. shaxsga nisbatan 2024 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining hukmi bilan tayinlangan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bo‘yicha hozirda shahar sudining kassasiya instansiyasida ko‘rilayotgan shikoyatni mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.

Xususan u tayinlangan jazoni 4 yil muddatga kamaytirib berish evaziga, har bir yil uchun 5 ming AQSh dollaridan, jami 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan, Toshkent shahridagi banklardan birining yuristi ham advokatdan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, bank yuristi prokuratura organlaridagi qarindoshi orqali yordam bermoqchi bo‘lganligi aniqlanib, hozirda bu borada tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Holat yuzasidan advokat hamda yuristga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasining 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:14 22.01.2025. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!