30 iyun "Yoshlar kuni" doirasida Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda yoshlarimiz tomonidan erishilayotgan yutuqlarni e’tirof etib, ularning ilmiy salohiyati oshayotganini ta’kidladi. Shuningdek, prezident ushbu tadbirda bir qator yangiliklarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, yaqinda “El-yurt umidi” jamg‘armasining faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 ta oliygohga kirgan yoshlar uchun o‘qish va yashash xarajatlarini qoplash tizimi yangi tartibda ishlaydi. Ayniqsa, STEM, energetika, transport, urbanizasiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi sohalar uchun kvotalar ko‘paytiriladi.