Diogu Jota va uning ishtirokidagi halokatining ehtimoliy sabablari aniqlandi.
"Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi hamda uning Portugaliya ikkinchi ligasi "Penafiel" safida to‘p tepgan ukasi Andre Silva payshanba kuni Ispaniyaning Samora viloyatidagi yo‘lda yuz bergan avtohalokatda halok bo‘ldi.
"El Mundo" nashrining xabar berishicha, Samora yo‘l polisiyasi halokatning eng ehtimoliy sabablari, oldindan taxmin qilinganidek, avtomobil g‘ildiragi bilan bog‘liq muammolar va "tezlikning sezilarli darajada oshirilishi" ekanligini aniqlagan.
Hodisa joyida qoldirilgan barcha dalillar tahlil qilindi. G‘ildiraklardan birining asfaltdagi iz chiziqlari - dastlabki xulosalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
Tergov guruhi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza rulda Diogu Jota bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Har ikki yo‘lovchining shaxsi va joylashuvi faqat ularning qarindoshlari tomonidan tanilgan buyumlar yordamida aniqlandi, sababi futbolchilarning tanasi yong‘in tufayli jiddiy shikastlangan edi.