Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Putinni Moskvaga bomba tashlash bilan tahdid qilganini aytdi

Tramp Putinni Moskvaga bomba tashlash bilan tahdid qilganini aytdi

AQShning prezidenti Donald Tramp 2024 yildagi homiylar yig‘ilishida so‘zlab, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga hujum qilmaslik uchun Moskvaga bomba tashlash bilan tahdid qilganini ma’lum qildi.

“Putinga aytdim: agar sen Ukrainaga kirsang, men Moskvaga bomba tashlayman. Menda boshqa chora yo‘q”, — degan Tramp yopiq yig‘ilishdagi nutqida.

U, shuningdek, Xitoy rahbari Si Szinpinga ham Tayvanga hujum bo‘lsa, Pekinni bombardimon qilishni aytganini bildirgan. “U meni jinni deb o‘yladi, lekin muammo bo‘lmagan”, — degan Tramp.

Audioyazuvlar Trampning homiylar oldida agressiv tashqi siyosat, talabalar namoyishlari va saylovoldi mablag‘ to‘plash strategiyalarini ochiq bayon etganini ko‘rsatadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, talabalarning namoyishlarini to‘xtatish uchun ularni mamlakatdan chiqarishni taklif qilgan. Shuningdek, boy homiylardan katta miqdorda mablag‘ yig‘ishga erishganini ham ta’kidlagan.

Kiritildi: 18:14 09.07.2025. O'qildi: 1442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!