Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya Ukrainaga urush ochganidan buyon eng yirik zarbalarni berdi

Rossiya Ukrainaga urush ochganidan buyon eng yirik zarbalarni berdi

O‘tgan tunda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon eng yirik zarbalarni berdi.

Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 741 ta zarba berilgan, jumladan, gipertovushli oltita «Xanjar» raketasi ishga solingan. Nishonga olingan shaharlar: Kiyev hamda g‘arbda joylashgan Lusk, Lvov, Xmelniskiy va Ternopol.

Bu Rossiya urush boshlagan 2022 yilning 24 fevralidan buyon ko‘lami bo‘yicha eng yirik hujumdir. Tungi hujumlarda ballistik raketalar va Eronning «Shahid» dronlari faol qo‘llangani aytilmoqda.

Hujumlardan ko‘rilgan talafot o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 16:04 09.07.2025. O'qildi: 1857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!