Eronda turli mish-mishlar tarqalmoqda — oyatullohning og‘ir kasalligi yoki hatto vafoti haqida. Ekspertlar esa, o‘z navbatida, Xomanai shunchaki bunkerdan chiqmayapti, degan fikrga moyil.
BILD nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Eron rahbari 13 iyunda Isroil Eronning yadroviy dasturi ob’ektlariga zarba berganidan so‘ng yer osti boshpanaga yashiringan. Isroil va AQSh Fordo, Isfahon va Natanzdagi ob’ektlarga hujum qilgan. Urush jami 12 kun davom etgan. Hozir Qatar vositachiligida vaqtinchalik sulh amal qilmoqda.
🗣️ «Ushbu 12 kunlik urush, aslida, post-Xomanai davri boshlanganini ko‘rsatdi. Eronda allaqachon voris qidirilyapti. Xameneyning o‘z vazifalarini ado etish uchun jismoniy va ruhiy kuchi qolmagan — bu urush boshidan beri shunday edi», — deydi BILD nashriga bergan intervyusida eronlik siyosatshunos Ali Fatholla-Nejod.