Bu haqda Ural savdo-sanoat palatasi rahbari Andrey Besedin ma’lum qildi.
"Hindistonlik hamkasblarimdan eshitishimcha, yil oxirigacha Rossiyaga, jumladan Sverdlovsk viloyatiga Hindistondan 1 mln mutaxassis keladi. Yekaterinburgda ushbu mamlakatning yangi Bosh konsulligi ochilmoqda, u ushbu masalalar bilan shug‘ullanadi," - dedi Besedin YEAN agentligiga.
Kadrlarni jalb qilish bo‘yicha ishlar Shri-Lanka va KXDR bilan ham olib borilmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.