Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kecha Toshkentda rekord darajadagi issiq havo qayd etildi

Kecha Toshkentda rekord darajadagi issiq havo qayd etildi

2025 yil 4 iyul kuni Toshkent shahrida harorat +43,5°C ga yetdi. Bu so‘nggi 150 yil ichida 4 iyul sanasi uchun kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich sifatida tarixga kirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1868 yildan beri Toshkentda aynan 4 iyulda bunday yuqori harorat hech qachon qayd etilmagan.

Shaharda mutlaq harorat rekordi esa 1997 yil 18 iyulda kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda harorat +44,6°C ni tashkil etgan. Kechagi harorat bu rekorddan atigi 1,1 darajaga past.

Kiritildi: 15:30 05.07.2025. O'qildi: 949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!