"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Madrid klubiga murabbiy bo‘lishi mumkin.
El Nacional xabariga ko‘ra, Alvaro Arbeloa qoniqarsiz natija ko‘rsatib, iste’foga chiqarilsa, voqealar rivojining bunday varianti bo‘lishi mumkin. Bunday holda, "qaymoqranglilar" Kroosni mavsum oxirigacha jamoa murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlash variantini ko‘rib chiqadilar. Shundan so‘ng, "Real" Yurgen Kloppni taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toni Kroos 2014-2024 yillarda "Real" sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng faoliyatini yakunlagan edi. Madrid klubi safida germaniyalik yarim himoyachi 23ta sovrinni qo‘lga kiritgan, shulardan beshtasi Chempionlar Ligasida.