Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tojikistonda folbinlar va ularning mijozlari maxsus bazaga kiritiladi

Tojikistonda folbinlar va ularning mijozlari maxsus bazaga kiritiladi


Tojikiston Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar va ularning mijozlari haqidagi ma’lumotlar maxsus bazada jamlanishini ma’lum qildi.

Mazkur chora irim-sirim, folbinlik, sehrgarlik va fuqarolarni aldash holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Bazaga o‘zini din arbobi sifatida tanishtiruvchi ayrim shaxslar, intim xizmat ko‘rsatuvchilar, ularning mijozlari va boshqa toifadagi shaxslar haqidagi ma’lumotlar ham kiritilishi aytilgan.

Ma’lumotlar tegishli idoralarning so‘roviga binoan taqdim etiladi.

⚖️ Eslatma: 2025 yilda Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun ham jarimalar joriy etilgan edi.

Kiritildi: 18:03 22.10.2026. O'qildi: 647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!