Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tinch okeanining rangi mikroplastik tufayli o‘zgarmoqda

Tinch okeanining rangi mikroplastik tufayli o‘zgarmoqda

Buyuk Tinch okeani chiqindilar dog‘i hududida suv ko‘proq ko‘k va yashil yorug‘likni qaytara boshladi. Olimlar so‘nggi 20 yildagi sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini tahlil qilgan holda, bunga mikroplastik to‘planishi sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqdalar. Yangi tadqiqot natijalari Nature ilmiy jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilar uchta mustaqil ma’lumotlar bazasini o‘rganib chiqdilar. Ularning barchasi Shimoliy Tinch okeanidagi chiqindilar to‘plangan hududda suv spektrning ko‘k va yashil diapazonida borgan sari porloq bo‘lib borayotganini ko‘rsatdi. Bunday holat suvda mayda plastik zarrachalarning mavjudligi keltirib chiqaradigan effektga mos keladi.

Mikroplastik — bu o‘lchami besh millimetrdan kichik bo‘lgan plastmassa zarrachalaridir. Ular quyosh nurini sochish xususiyatiga ega bo‘lib, suv yuzasidan qaytuvchi nurni o‘zgartiradi. Natijada okean yorug‘roq ko‘rinib, havokrang-firuza tus olishi mumkin. Gap hozircha faqat sezgir sun’iy yo‘ldosh asboblari yordamidagina kuzatish mumkin bo‘lgan bilinar-bilinmas o‘zgarishlar haqida bormoqda.

Tadqiqot natijalari aynan plastik suv rangining o‘zgarishiga sabab bo‘lganiga yuqori kafolat bermaydi. Yorug‘likning qaytishiga suv o‘tlari, planktonlar, organik moddalar va mineral zarrachalar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, modellashtirish natijalariga ko‘ra, mikroplastik mavjud bo‘lganda ko‘k va yashil porlashning bir vaqtning o‘zida kuchayishi faqat tabiiy omillar o‘zgarishiga qaraganda to‘rt martadan ortiq ehtimolga yaqin ekanligini ko‘rsatdi.

Kiritildi: 22:06 12.11.2026. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik