Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Timur Kapadze oktyabr oyida ham milliy jamoa boshqaruvida qoladimi?

Timur Kapadze oktyabr oyida ham milliy jamoa boshqaruvida qoladimi?

Milliy jamoa FIFA kunlari (6-14 oktyabr) doirasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze oktyabr oyida terma jamoa rulida faoliyat yuritishda davom etadi.

Milliy jamoa 5 oktyabr kuni yig‘inni boshlashi kutilmoqda. Tez orada qaydnoma e’lon qilinadi.

O‘zbekiston 9 oktyabr sanasida Toshkentda o‘rtoqlik bahsi o‘tkazishni rejalashtirgan bo‘lsa, shundan so‘ng Malayziyaga yo‘l oladi va 13 oktyabr kuni Malayziyaning Malakka shahrida Urugvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamon murabbiy topa olganicha yo‘q. Bunga qadar Paulu Bentu, Slaven Bilich va Fabio Kannavaro kabi murabbiylar rad javobini bergan edi.

Kiritildi: 22:33 30.09.2025. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!