Prezidentimiz tibbiyot va farmasevtika sohasidagi o‘zgarishlarda 800 mingdan ziyod xodimning munosib hissasi borligini ta’kidladi.
Yaqinda soha fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash haqida farmon imzolandi. Ular orasida tibbiyot xodimlari bilan birga tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor.
Uchrashuvda mamlakatimiz yetakchisi davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Inson salomatligini asrash, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va davolash usullarini joriy etishda barchaga o‘rnak bo‘layotgan tibbiyot xodimlari uchun alohida davlat mukofotini ta’sis etish tashabbusi ham ilgari surildi. U buyuk bobomiz Ibn Sino nomi bilan ataladi.