Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Lekin, ichimlik suvi, kanalizasiya va yo‘l qurilishida bunday loyihalar deyarli yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Sharoit yaratib berilsa, 1 milliard dollar sarmoya kiritib, 10 mingta ish o‘rni qilaman, degan mahalliy tadbirkorlar juda ko‘p.
Uch yil oldin 5 ming kvadrat metrdan ortiq savdo va servis ob’ektlari qurish bo‘yicha imtiyoz berilgan. O‘tgan davrda 209 ta bunday ob’ektlar qurildi. Lekin, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida bu boradagi ishlar qoniqarsiz.
So‘nggi to‘rt yilda chorvachilikni rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlaridan 700 million dollar olib kelindi, bu yil yana 350 million dollar jalb qilinadi. Buning hisobiga kamida 20 mingdan ziyod veterinarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Birgina Buxoroda 250 nafar veterinarga talab bor.
Yil yakunigacha xususiy veterinariya va para-veterinariya xizmati hajmini 5 baravarga oshirish topshirildi.