Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Kadirov iste’fosi muhokamada — Putin: “Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p”

Kadirov iste’fosi muhokamada — Putin: “Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p”

Ramzan Kadirov Vladimir Putin bilan uchrashuvda o‘zining iste’foga chiqishi masalasi muhokama qilinganini bildirdi.

Checheniston rahbari bu haqda o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

"Vladimir Vladimirovich internetdagi so‘nggi muhokamalarni sharhlar ekan, yozuvchi Mark Tvenning “Mening o‘limim haqidagi xabarlar juda bo‘rttirilgan”, degan mashhur so‘zlarini keltirdi, — deb yozdi Qodirov.

Checheniston rahbari Rossiya prezidentining "hali qiladigan ishlarimiz ko‘p" deganini bildirdi. Bundan tashqari, Kadirov Putinning buyrug‘ini bajarishga va’da berganini aytdi.

Avvalroq Kadirov Putindan o‘z lavozimidan ozod etilishini so‘raganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, u mazkur masala bo‘yicha yakuniy qaror faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tegishli ekanligini ta’kidlagandi.

Kiritildi: 19:02 08.05.2025. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!