Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Alberta Kanadadan ajralib chiqish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda

Alberta Kanadadan ajralib chiqish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda

Kanadaning Alberta provinsiyasi hukumati kelgusi yili mustaqillik referendumini o‘tkazish mumkinligini e’lon qildi. Bu haqda The Economic Times nashri xabar bermoqda, deya yozdi Daryo.

Provinsiya bosh vaziri Daniel Smitning aytishicha, agar petisiyaga yetarli miqdorda imzo to‘plansa, mustaqillik masalasi ovozga qo‘yilishi mumkin. U shaxsan mustaqillik g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidlasa-da, uning bayonoti provinsiya ayirmachilik kayfiyati kuchayishi fonida yangragan.

Ma’lum qilinishicha, vaziyatni Kanadaning AQShga qo‘shilishi mumkinligi haqida bir necha bor aytgan Donald Tramp timsolidagi tashqi omil yanada murakkablashtirmoqda. Neft zaxiralariga boy Alberta tarixan federal markazga qarshi energetika siyosati bo‘yicha ziddiyatga kirishib kelgan. Hudu neft qazib olishni rivojlantirish tarafdori, Kanada hukumati esa “yashil” energetikaga e’tibor qaratmoqda.

Ta’kidlanishicha, mutaxassislar Smitning tashabbusini mustaqillikka qaratilgan haqiqiy qadam emas, balki Ottavaga bosim o‘tkazish vositasi sifatida baholashmoqda. Bunday urinishlar 2021 yilda ham bo‘lgan, ammo o‘shanda masala rivojlanmagan edi. Biroq, bu safar vaziyat bir necha omillar tufayli o‘zgarishi mumkin. Masalan, ajralishni yoqlovchi Alberta Respublikachilar partiyasining kuchayishi, yaqinda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida konservatorlarning mag‘lubiyati va Trampning Kanada ichki ishlariga aralashish ehtimoli.

Sosiologik ma’lumotlarga ko‘ra, Alberta aholisining atigi 30 foizga yaqini mustaqillik g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, Kanada separatizmining an’anaviy markazi hisoblangan Kvebek pozisiyasida o‘zgarishlar kuzatilmoqda, u yerdagi hokimiyat Albertaning energetika loyihalariga qiziqish bildira boshlagan.

Kiritildi: 23:04 08.05.2025. O'qildi: 958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!