Putin paradda bir daqiqalik sukut e’lon qildi.
Putin parad ishtirokchilari va faxriylarni G‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
Moskvadagi paradda 11,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda.
Ular orasida Mudofaa vazirligi, FXX, FVV, Rosgvardiya va do‘stona davlatlar armiyalari bo‘linmalari bor.
Shuningdek, 1,5 mingdan ortig‘i — maxsus harbiy operasiya ishtirokchilari.
Nutqdan asosiy fikrlar:
▪️G‘alaba kuni Rossiya xalqi uchun asosiy bayram hisoblanadi;
▪️Ikkinchi jahon urushi saboqlari unutilmaydi, g‘oliblar nomusiga putur yetkazilmaydi;
▪️Rossiya doimo nasizm uchun yengilmas to‘siq bo‘lib qoladi;
▪️Haqiqat va adolat biz tomonda;
▪️Butun Rossiya maxsus operasiya ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlaydi va ularning ruhiy kuchi bilan faxrlanadi;
▪️Rossiya ittifoqchilarining g‘alabaga qo‘shgan hissasini yuksak qadrlaydi;
▪️Rossiya doimo o‘z birdamligiga tayanadi.