Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

The Best-2025: Barcha nominasiyalarda g‘oliblar aniqlandi

The Best-2025: Barcha nominasiyalarda g‘oliblar aniqlandi

16 dekabr, seshanba kuni Dohada FIFA The Best 2025 mukofotini topshirish marosimi yakunlandi. "PSJ" vingeri Usmon Dembele joriy yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Marosimning to‘liq natijalari quyidagicha ko‘rinishga ega.

2025 yilning eng yaxshi futbolchisi - Usmon Dembele ("PSJ," Fransiya terma jamoasi).
Ayollar futbolida 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi - Aitana Bonmati ("Barselona," Ispaniya terma jamoasi).

2025 yilning eng yaxshi murabbiyi - Luis Enrike ("PSJ").
Ayollar futbolida 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi - Sarina Vigman-Glosbax (Angliya terma jamoasi).

2025 yil jamoasi - Donnarumma, Hakimiy, Pacho, van Deyk, Mendesh, Palmer, Bellingem, Vitinya, Pedri, Yamal, Dembele.
Ayollar futbolida 2025 yil jamoasi - Xempton, Bronz, Batlye, Uilyamson, Paredes, Bonmati, Gixarro, Pina, Kaldentey, Russo, Putelyas.

2025 yilning eng yaxshi darvozaboni - Janluiji Donnarumma ("Manchester Siti," Italiya terma jamoasi).
Ayollar futbolida 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni - Xanna Xempton ("Chelsi," Angliya terma jamoasi).

2025 yilning eng yaxshi goli - Santyago Montyel ("Independyente", "Independyente Rivadaviya" bilan o‘yinda).
Ayollar futbolidagi 2025 yilning eng yaxshi goli - Lizbet Ovalle ("Tigres", "Gvadalaxara" bilan o‘yinda).

Kiritildi: 23:38 16.12.2025. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!