Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

«Tetris» yaratuvchilari Oq uyni o‘yindan ruxsatsiz foydalanganlikda aybladi

«Tetris» yaratuvchilari Oq uyni o‘yindan ruxsatsiz foydalanganlikda aybladi

The Tetris Company kompaniyasi Oq uy tomonidan «Tetris» uslubida yaratilgan onlayn o‘yinlardan biriga aloqador emasligini ma’lum qildi va o‘z intellektual mulkidan foydalanishga ruxsat bermaganini bildirdi.

«Build the Wall» («Devor qur») deb nomlangan o‘yin foydalanuvchilarga AQSh va Meksika chegarasida to‘siq qurishni taklif qiladi. Oq uy tavsifiga ko‘ra, o‘yinning maqsadi «chegarani yaqinlashayotgan to‘dadan himoya qilish».

«The Tetris Company uni ishlab chiqishda ishtirok etmagan. Biz Tetris’da odamlarni ajratish emas, balki birlashtirish kuchiga ishonamiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.

Kompaniya «Tetris» brendi va uning intellektual mulkidan foydalanish uchun hech qanday lisenziya bermaganini ham ta’kidlagan.

Oq uy Donald Tramp siyosati bilan bog‘liq jami beshta retro uslubdagi o‘yinni bir vaqtda e’lon qildi. Ulardan biri «Snake» o‘yini uslubida yaratilgan bo‘lib, unda o‘yinchi chegara siyosati bo‘yicha rahbar Tom Xomenning raqamli qiyofasini boshqaradi va Rio-Grande daryosini kesib o‘tayotgan migrantlarni ushlashi kerak.

Kiritildi: 22:05 06.09.2026. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!