Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Test sinovlarining o‘n beshinchi kuni

Test sinovlarining o‘n beshinchi kuni

Bugun, 13 avgust 1-smena test sinovlari haqida ma’lumot berildi.

Respublika bo‘yicha 8 ta hududda 1-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 08:00 da boshlandi.

Test sinovlarida birinchi smenada jami 13 ming 867 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

- 13 ming 495 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda;

- 371 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi;

- 1 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon,  Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Jizzax, Navoiy, Samarqand viloyatlarida o‘tkazilyapti.

Ro‘yxatda yo‘q viloyatlarda test jarayonlari nihoyasiga yetgan. Boshqa hududlarda test sinovlari 15 avgustgacha davom etadi.

Kiritildi: 10:35 13.08.2019. O'qildi: 1533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!