Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Test sinovlaridan to‘liq ozod etilgan abituriyentlarga ruxsatnoma berilmaydi

Test sinovlaridan to‘liq ozod etilgan abituriyentlarga ruxsatnoma berilmaydi


Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha fanlardan milliy sertifikatga ega bo‘lgan va testdan to‘liq ozod etilgan abituriyentlar shaxsiy kabinetida “Abituriyent ruxsatnomasi” shakllantirilmasligini ma’lum qildi.

Mazkur toifadagi fuqarolarning imtihon hududiga borishi talab etilmaydi va ruxsatnoma yo‘qligi sababli xavotirlanishga o‘rin yo‘q.

Ular test sinovlari to‘liq yakunlangach, barcha qatori qabulning ikkinchi bosqichida ishtirok etishadi.

Bunda abituriyentlarga 15 kun davomida oliygoh, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati beriladi.

Kiritildi: 20:23 08.07.2026. O'qildi: 997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!