Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tesla 2027 yilda Cybertruck chiqarishni to‘xtatadimi?

Tesla 2027 yilda Cybertruck chiqarishni to‘xtatadimi?

Ilon Mask Texasdagi zavodda Cybertruck elektr pikapini ishlab chiqarish 2027 yilning o‘rtalariga borib bosqichma-bosqich to‘xtatilishini e’lon qildi. Bo‘shagan ishlab chiqarish quvvatlari kompaniya tomonidan Cybercab haydovchisiz taksilari chiqarilishini oshirish uchun yo‘naltiriladi.

Hozirda Tesla Cybertruck ishlab chiqarishni boshqa zavodga ko‘chirishi yoki modelni butunlay tarixga aylantirishi noaniq bo‘lib qolmoqda. Hozirda ushbu avtomobilni yig‘ish faqat Texasdagi Gigafactory zavodda amalga oshirilmoqda. Mask bu qarorni «bir davrning yakuni» deb atadi va allaqachon ishlab chiqarilgan avtomobillar hali uzoq vaqt yo‘llarda harakatlanishini ta’kidladi.

Cybertruck ilk bor 2019 yilda taqdim etilgan edi. Uning zanglamaydigan po‘latdan yasalgan o‘tkir burchakli kuzovi va futuristik dizayni katta qiziqish uyg‘otganiga qaramay, pikap ommaviy avtomobilga aylana olmadi. Mask yiliga 250 mingtagacha avtomobil sotishni rejalashtirgan edi, biroq 2025 yilda AQShda bor-yo‘g‘i 20 237 atrofida pikap sotildi — bu bir yil oldingi ko‘rsatkichdan qariyb ikki baravar kam.

Evropada esa Cybertruck foydalanish uchun rasmiy ruxsatnomaga ega bo‘la olmadi. Uning konstruksiyasi, o‘tkir burchaklari va kuzovning qattiq elementlari Yevropaning piyodalar xavfsizligi bo‘yicha talablariga mos kelmaydi. Yevropa bozoriga chiqish uchun avtomobilni mukammal darajada qayta ishlab chiqish talab etilar edi.

Kiritildi: 13:36 07.11.2026. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik