O‘zbekiston milliy jamoasi va «Paxtakor» yarimhimoyachisi Abdurauf Bo‘riyev legionerga aylanishi mumkin edi.
Jurnalist Narzulla Saydullayevning xabariga ko‘ra, Shotlandiyaning «Livingston» klubi Bo‘riyevga qiziqib qolgan va uni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan.
Qayd etilishicha, futbolchi ishchi vizasini olishda muammoga duch kelgan. Shotlandiya oliy ligasida o‘ynash uchun futbolchi o‘z milliy jamoasi safida kamida 2ta o‘yinda to‘liq harakat qilishi lozim.
Bo‘riyev esa hozirga qadar O‘zbekiston milliy jamoasida 3ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, «Livingston» o‘tgan mavsum Shotlandiya ikkinchi divizionida ishtirok etgan. Pley-off orqali oliy ligasiga yo‘llanma olgan.