AOKAda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ijro etish sohasini raqamlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi:
Byuro va Davlat soliq qo‘mitasining elektron hamkorlik tizimi yordamida qarzdor yuridik shaxslarning shaxsiy kabinetiga ijro ishlari haqidagi 46.890 ta qarorlar onlayn jo‘natilib, 1,8 trln. so‘mlik hujjatlar ijrosi tamomlandi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, joriy yilning o‘tgan davrida jami 12,2 trln. so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi.
Fuqarolarning mol-mulkiga daxl qilmasdan va majburiy ijro harakatlari o‘tkazilmasdan axborot texnologiyalari yordamida masofaviy tarzda ishlaydigan 15 ta tumanlararo bo‘limlari tomonidan 621,8 mingta hujjatlar ijrosi ta’minlandi.
Voyaga yetmagan shaxslarning moddiy ta’minoti uchun jami 597 mlrd. so‘mga yaqin aliment pullari undirildi.
Shuningdek, aliment to‘lash istagi bo‘la turib, lekin ish bandligi bo‘lmagan 5.854 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, 3.800 dan ortiq oilalar yarashtirildi.
Muqaddam, qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 170 nafar shaxslar ishga tiklanib, ularga to‘lanmay qolgan 7,4 mlrd. so‘mlik ish haqlari hamda 487 mlrd. so‘mlik kompensasiya mablag‘lari undirib berildi.