Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tata Steel Chess–2026. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov o‘rtasidagi bahsda durang qayd etildi

Tata Steel Chess–2026. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov o‘rtasidagi bahsda durang qayd etildi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha 2026-yilgi Tata Steel Chess turniri davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,2 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Chempionatning Masters guruhi 9-tur o‘zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov o‘zaro bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda tomonlar o‘rtasidagi bellashuvda durang qayd etildi. Ushbu natijadan so‘ng Abdusattorov 6 ochko turnir jadvalida 1-o‘rinda qolmoqda. Sindorov esa 5,5 ochko bilan 2-pog‘onani band etgan.

Abdusattorov 1-turda qora donalarda turkiyalik Yag‘iz Kan Erdog‘mus bilan durang qayd etgan bo‘lsa, 2-turda hindistonlik Praggnanandha Rameshbabu ustidan g‘alaba qozongan. 3-turda yana bir Hindiston vakili Aravindh Chitambaram bilan durang o‘ynagan va 4-turda oq donalarda Chexiya vakili Nguyen Tai Dai Vanni mag‘lub etgan. O‘zbekistonlik shaxmatchi 5-turda qora donalarda AQSh vakili Hans Niemann bilan durangga imzo chekdi, 6-turda amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommaraju, 7-turda esa Germaniyalik Vinsent Keymerni mag‘lub etdi. Biroq Nodirbek 8-turda niderlandiyalik Anish Giriga imkoniyatni boy berdi.

Sindorov 1-turda amaldagi Jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan oq donalarda, 2-turda niderlandiyalik Anish Giriga qarshi qora donalarda, 3-turda sloveniyalik Vladimir Fedoseev bilan oq donalarda durang qayd etgan, 4-turda esa u qora donalarda germaniyalik Matias Bleubaum, 5-turda oq donalarda turkiyalik Yag‘is Kaan Erdog‘mus ustidan g‘alaba qozongan edi. O‘zbekistonlik shaxmatchi 6-turda hindistonlik Aravindh Chitambaram, 7-turda AQSh vakili Hans Niemann, 8-turda esa germaniyalik Vinsent Keymer bilan durang o‘ynadi.

Nodirbek Abdusattorov 10-turda sloveniyalik Vladimir Fedoseevga qarshi dona suradi. Javohir Sindorov esa niderlandiyalik Jorden van Forest bilan o‘ynaydi. Ushbu bellashuvlar 28 yanvar sanasiga belgilangan.

Tata Steel Chess–2026. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov o‘rtasidagi bahsda durang qayd etildi

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!