Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyev mamlakat Premer-ligasining “Muras Yunayted” va “Asiyagol” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuviga borgan. O‘yin Manas shahridagi “Qurmanbek” stadionida bo‘lib o‘tgan. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarda Tashiyev stadionning VIP-mehmonlarga mo‘ljallangan qismiga o‘tayotganini ko‘rish mumkin.
Avvalroq Bishkek sudi “75 lar xati” deb atalgan jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqargandi. Qamchibek Tashiyev hokimiyatni kuch bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rish moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan. Unga mol-mulki musodara qilingan holda to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi berildi.
Shu bilan birga, sud unga nisbatan uch yillik probasiya nazoratini qo‘lladi. Shu tariqa, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi ozodlikdan mahrum etish jazosini amalda o‘tamaydi. Qamchibek Tashiyev mansab vakolatini suiiste’mol qilish ayblovi bo‘yicha oqlangan. Uning advokati hukm ustidan shikoyat qilish niyatida ekanini bildirgandi.